
Italiya chempionatining 12-turida "Yuventus" va "Fiorentina" jamoalari 1:1 hisobi bilan durang o'ynadi. Ushbu natija bo'yicha "Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda jamoamiz ortiqcha xatolarga yo'l qo'ydi. Biz o'z darajamizni oshirishimiz va hujumda ancha yaxshi o'ynashimiz kerak.
"Yuventus"ning bu mavsumdagi asosiy maqsadi - skudetto uchun kurash", - deydi taniqli insayder Janluka Di Martsio Spallettining so'zlarini keltirib. 12 turdan so'ng, Turin jamoasi 20 ochko to'plab, A Seriya turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Spalletti shogirdlari peshqadam "Napoli"dan besh ochkoga ortda qolmoqda.
Italiya Chempionati, Yuventus Jamoasi, Luchano Spalletti, A Seriya, Skudetto Kurashi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing