13:00 / 17.12.2025
1 313

Toshkentda 150 km drenaj tizimi quriladi

Toshkentda 150 km drenaj tizimi quriladi
Toshkentda kelgusi yildan boshlab 150 km yopiq drenaj tizimi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.

"Shahar ko‘chalaridagi barcha ariq va kanallarda suv aylanishi ta’minlanishi lozim", — dedi Shavkat Mirziyoyev. Drenaj tizimi loyihasi doirasida poytaxtda qo‘shimcha 63 km kanal yotqiziladi.

Shuningdek, mavjud 197 km kanal va kollektorlar ta’mirlanadi. Yomg‘ir suvini to‘plash uchun 17 ta inshoot qurilib, bu suv daraxtlar va yashil hududlarni sug‘orishda ishlatiladi.

Bundan tashqari, poytaxtdagi barcha kommunal va favqulodda xizmatlar uzluksiz ish tartibiga o‘tkaziladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing