05:06 / 17.12.2025
4 344

Manchester Yunayted Bruno Fernandesh bo'yicha pozitsiyasini bildirdi


Manchester Yunayted rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Bruno Fernandeshning o‘tgan yozda klub u bilan xayrlashishga tayyor bo‘lgani haqidagi so‘zlarini tasdiqlamadi. Avvalroq portugaliyalik futbolchi ehtimoliy ketishi klub uchun muammo bo‘lmaydigandek taassurot olganini, bunday ishoralar uni ranjitganini aytgandi.

Biroq klub ichidagi manbalar rahbariyat pozitsiyasi boshqacha bo‘lganini ta’kidlamoqda. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, Manchester Yunayted Fernandeshni sotishni ko‘rib chiqmagan va dastlabdan hamkorlikni davom ettirish niyatida bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yarim himoyachiga Saudiya Arabistonining Al-Hilol klubi qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, Manchester Yunayted rahbariyati jamoaning asosiy futbolchilaridan birini qo‘yib yubormasligini bildirgan.

Fernandesh klubning uzoq muddatli loyihasida muhim figura sifatida ko‘rilishda davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, Bruno Fernandesh avvalroq “Men hech qachon pulni mezon qilmaganman”, deya Manchester Yunaytedni tark etishi mumkin bo‘lganini ham tilga olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing