05:25 / 17.12.2025
4 456

Kristofer Nkunku Saudiya Arabistoniga sotilishi mumkin


Fransiyalik hujumchi Kristofer Nkunkuning "Milan"dagi faoliyati kutilganidek kechmayapti. Klub rahbariyati futbolchi jamoaga moslasha olmagani sababli uni tarkibdan chiqarish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Turinlik Tuttosport nashrining xabar berishicha, futbolchining agenti Pini Zaxavi bu masala ustida ishlayapti va hozircha eng real ssenariy — Nkunkuni Saudiya Arabistoni klublaridan biriga sotish. Eslatib o'tamiz, "Chelsi"dan kelgan fransuz hujumchi "Milan" safida muntazam maydonga tushmoqda, biroq hozircha klub tarkibida birorta ham gol ura olmadi.

Ayni paytda "Milan" 18-dekabr kuni start oladigan Italiya Superkubogida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga yo'l oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing