04:12 / 17.12.2025
1 578

Ian Rash Chester shifoxonasidan javob berildi


64 yoshli “Liverpul” afsonasi Ian Rash reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgani va sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanganini avvalroq xabar qilgandik. The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, u endi Chester shahridagi shifoxonadan javob berildi.

Uelslik sobiq hujumchi uyiga, yaqinlari bag‘riga qaytdi va Rojdestvo bayramini oila davrasida kutib olishga tayyorlanadi. “Liverpul” matbuot xizmati Rashni davolagan shifokorlarga minnatdorlik bildirdi: “Klubimiz afsonasi va maxsus vakilimizga ko‘rsatilgan sifatli davolanish uchun rahmat”, deyiladi bayonotda.

Rash faoliyati davomida “Liverpul”dan tashqari Turin “Yuventus”ida ham bir mavsum to‘p surgan.
Ian Rash, Liverpul afsonasi, Chester shahri, Rojdestvo bayrami, Yuventus klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing