
Avvalroq Milan klubi 2024 yilda yangi marketing tashabbusi doirasida Afrika qit'asining eng yirik davlati bo'lgan Kongo Demokratik Respublikasining imijini targ'ib qilishga kirishgani haqida xabar berilgandi. O'tgan dam olish kunlari ushbu hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Sassuologa qarshi uchrashuvda delegatsiya San-Siro stadionida mehmon bo'ldi. Delegatsiya tarkibida Turizm vaziri Didye Mazenga Mukanzu hamda Kongoning Italiyadagi elchisi Pol-Emil Tsingga Axuka ham bor edi.
Ayrim baholarga ko'ra, kelishuv Milan klubiga yiliga 14 million yevrogacha daromad keltiradi. VIP-mehmonlarga Kongo oshxonasiga xos taomlar tortiq qilindi.
Bu tashrif Milanning biroz avval Kinshasaga uyushtirgan safariga javob bo'ldi: o'shanda italiyaliklar KDR poytaxtida bolalar futbol akademiyasi ochilish marosimida ishtirok etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kongo DR sensatsiya yaratib, Nigeriyani mundialdan chiqardi
Davlat bayrog‘i — xalq tarixi va istiqboli ramzi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
JCH-2026 saralashi. Afrika qit’asida yarim final uchrashuvlari qanday o‘tdi?