13:21 / 29.11.2025
336 002
"Garri Potter" Keremga qimmatga tushdi: Warner Bros sudga bermoqda

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi futbolchisi Kerem Artyurkogʻlu kutilmagan muammoga duch keldi. Uni mashhur Warner Bros.
kinostudiyasi sudga berdi. Gap shundaki, futbolchi "Garri Potter" sarguzashtlari ishqibozi bo‘lib, oʻzining gollarini mazkur film qahramonlaridan biriga ishora qilib nishonlaydi.
Biroq, muammo uning golni qanday nishonlashida emas, balki ijtimoiy tarmoqlardagi baʼzi postlariga "Garri Potter" filmlaridan olingan musiqalarni qoʻshib eʼlon qilganida. Bu esa mualliflik huquqini buzish hisoblanadi.
Agar futbolchi bu masalani hal qilmasa, ish sud orqali koʻrib chiqiladi. Eslatib oʻtamiz, yoz oxirida Artyurkogʻlu Lissabonning "Benfika" klubini tark etib, Turkiyaga qaytgandi.
Fenerbaxche Klubi, Kerem Artyurkogʻlu, Warner Bros, Garri Potter, Mualliflik Huquqi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futbolchi Garri Potterga oʻxshagani uchun sudga berildi
Futbolchi Garri Potterga oʻxshagani uchun sudga berildi
YECHLda kutilmagan natijalar: «Benfika» g‘alaba qozondi, «Galatasaroy» esa yutqazdi
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
"Fenerbaxche" “Barselona”ning 2 yetakchi futbolchisini olishga jiddiy kirishdi