21:30 / 16.12.2025
1 657

O'zbekiston mahsulotlari Costco do'konlarida sotiladi


O'zbekiston o'z mahsulotlarini AQShning Costco Wholesale gipermarket tarmog'iga eksport qilishni boshlaydi. Bu haqda AQShda o'zbekistonlik BMB Holding delegatsiyasi va Costco’ning savdo bo'limi rahbari Ed Martin o'rtasidagi muzokaralardan so'ng ma'lum qilindi.

Tomonlar qishloq xo'jaligi mahsulotlari, qayta ishlangan mahsulotlar, meva-sabzavotlar va za'faron yetkazib berish bo'yicha kelishuvga erishdi. Mahsulot namunalarini marketing maqsadida kompaniyaga topshirildi.

Costco 1983 yilda AQShda tashkil etilgan va dunyodagi eng yirik klub formatidagi ulgurji savdo do'konlaridan biridir. Kompaniya a'zolik modeli asosida ishlaydi: xaridorlar yillik to'lov evaziga arzon narxlardagi mahsulotlarga kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Costco o'zining cheklangan, ammo sinchkovlik bilan tanlangan mahsulot assortimenti, jumladan, Kirkland Signature brendi bilan mashhur.


O'zbekiston mahsulotlari, Costco Wholesale, BMB Holding, Qishloq xo'jaligi, Kirkland Signature
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing