13:47 / 23.11.2025
485 081

Spaletti Yuventusga yangi ruh olib kirdi


Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Chezare Prandelli Turin klubi "Yuventus"ni boshqara boshlagan Luichano Spalettining debyutini muvaffaqiyatli deb hisoblamoqda. Garchi "Yuventus" hozircha juda ishontiruvchi natijalar ko'rsata olmagan bo'lsa-da, Prandelli Spalettining jamoaga olib kelgan o'zgarishlarini ijobiy baholadi.

"Spaletti o'zini to'g'ri tomondan ko'rsata oldi. 'Yuventus' doimo g'alabaga intiladi va Spaletti bu jamoaga yangi ruh va 'Yuventus' uslubidagi o'yin tushunchasini qaytardi.

Men jamoaning kelajakdagi rivojlanishiga ishonaman", - dedi Prandelli pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Hozirda Turin klubi Italiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

"Yuventus" oxirgi marta 2020-yilda Italiya chempioni bo'lgan edi.


Italiya Chempionati, Turin Klubi, Yuventus Jamoasi, Spaletti Debyuti, Prandelli Fikri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing