14:14 / 22.11.2025
502 308

Tottenhem "Portu" forvardini nishonga oldi


Ispaniyalik hujumchi Samu Agexova faoliyatini Londonning "Tottenhem" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, "shporlar" 21 yoshli forvardni jamoaga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda. Klub bosh murabbiyi Tomas Frankning oʻyin uslubiga mos kelishi sababli, Agexova qishki transfer oynasida hujum chizigʻini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.

Joriy mavsumda Agexova barcha musobaqalar doirasida 14 oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, hujumchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.


Samu Agexova, Tottenhem Klubi, Qishki Transfer, Tomas Frank, Bozor Qiymati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing