
Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigo oʻyin amaliyoti yetishmasligi sababli jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik vinger joriy bosh murabbiy Xabi Alonso qoʻl ostida juda kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.
Diario AS nashrining xabariga koʻra, Turkiyaning "Galatasaroy" klubi bu vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va 24 yoshli yulduzni qishki transfer oynasida ijaraga olish haqida oʻylamoqda. Transfermarkt sayti maʼlumotiga koʻra, Rodrigoning transfer qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda futbolchi "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda qatnashib, ikkita golli uzatma amalga oshirgan. Yozgi transfer oynasida ushbu futbolchiga Angliya Premyer-ligasining yirik klublari qiziqish bildirgan edi.
Real Klubi, Rodrigo Futbolchi, Xabi Alonso, Galatasaroy Klubi, Transfer Qiymati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Rodrigo “Chelsi”ga o‘tadimi? London klubi muzokara boshladi
Rodrigoning “Tottenxem”ga transferi maosh muammosi sabab to‘xtab qoldi
Dursun O‘zbek: «Messi transferi haqida gapirishimizning o‘zi katta yutuq»
Tottenxem Rodrigo uchun 80 mln yevro toʻlashga tayyor