
Bornmut jamoasi vingeri Antuan Semenyo faoliyatini Liverpulda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Indykaila News xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Liverpul Bornmutga Semenyoning transferi uchun 73,5 million yevro toʻlashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Biroq Bornmut rahbariyati transfer summasi haqida ma'lumotning ommaga oshkor bo'lganidan norozi.
Shunga qaramay, agar futbolchining jamoani tark etishi muqarrar boʻlsa, Bornmut transferni transfer oynasining dastlabki ikki haftasida yakunlamoqchi. Hozirda 25 yoshli Antuan Semenyo jamoani tark etib, Chempionlar ligasi darajasidagi klubga oʻtishni xohlamoqda.
Joriy mavsumda u Bornmut safida 12 oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Antuan Semenyo, Bornmut Jamoasi, Liverpul Klubi, Transfer Summasi, Chempionlar Ligasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing