22:42 / 17.11.2025
1 972

Eron hujumchisi hakamlik bo'yicha shubha bildirdi


O'zbekiston terma jamoasi ertaga, 18-noyabr kuni Al Ain Cup do'stlik turniri finalida maydonga tushadi. Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Uchrashuv oldidan Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Mohebiy o'z fikrlarini bildirdi. U o'tgan o'yinlar davomida sodir bo'lgan voqealarni eslab, bu safar adolatli o'yin bo'lishiga umid bildirdi.

Eron tarkibi oldingi o'yinda, O'zbekistonga qarshi bahsning atigi ikkinchi daqiqasidayoq, bir futbolchisini maydondan chetlatishga majbur bo'lgan edi. "Ko'pchilik bizni favorit sifatida ko'radi, lekin O'zbekiston ham kuchli jamoa.

Ular finalga qadar yetib keldi. Umid qilamanki, CAFA turniridagi holat takrorlanmaydi.

O'shanda O'zbekiston bilan o'yinda ikkinchi daqiqadayoq kamchilikda qolgandik. Bu safar omad biz tomonda bo'lishi kerak", – dedi futbolchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing