21:01 / 16.11.2025
4 308

Xarri Keyn mundial oldidan “Bavariya”dagi raqobat va hazillar haqida gapirdi

Angliya terma jamoasining yetakchi hujumchisi Xarri Keyn JCH-2026 borasidagi fikrlarini baham ko‘rdi. Uning aytishicha, “Bavariya”dagi Yevropa yulduzlari bilan mundial haqidagi suhbatlar deyarli har kuni davom etadi va bu jamoa ichida samimiy raqobat muhitini yaratadi.

Keynning ta’kidlashicha, Fransiya termasi eng kuchli da’vogarlardan biri bo‘lib qolmoqda. U klubdagi sherigi Maykl Olisse bilan mundialda nima sodir bo‘lishi, qaysi jamoa qay darajagacha yetib borishi haqida tez–tez hazillashib turadi.

«Albatta, Fransiya. Maykl bilan juda yaxshi munosabatdamiz. Kelasi yozda nima bo‘lishini ko‘p muhokama qilamiz, ko‘pincha hazil tarzida. Dayo Upamekano bilan ham xuddi shunday. Germaniya ham turnirda yuqori maqsad qo‘ygan — buni ularning o‘zi bilan suhbatlashganda ham sezish qiyin emas», — deydi Keyn.

Unga ko‘ra, jamoa ichidagi bunday kechinmalar, mulohazalar va o‘zaro sho‘xliklar har bir katta klub hayotining bir qismi. Keynning o‘zi esa bu muhokamalardan katta zavq olishini yashirmadi:

«Biz bir–birimiz bilan sog‘lom raqobat qilamiz. Jahon chempionatida kim chempin bo‘lishi haqida kulgu bilan bahslashamiz. Bunday suhbatlar menga yoqadi, ayniqsa Maykl bilan.»

Xarri Keynning so‘zlaridan anglashiladiki, “Bavariya” ichidagi muhitda nafaqat yuqori darajadagi professionallik, balki samimiy raqobat va futbolchilikqa xos ruhiy yaqinlik ham bor. Mundial oldidan bunday ichki muhit har bir futbolchining motivatsiyasini yanada oshirishi shubhasiz.


Xarri Keyn, J C H 2026, Fransiya Termasi, Bavariya Klubi, Sog‘lom Raqobat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing