22:09 / 16.11.2025
2 275

Alberteni: Chempionlik uchun Milan va Inter kurashadi


Italiyaning "Milan" klubi va milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Demetrio Alberteni A Seriyadagi chempionlik poygasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. U "Napoli"dagi inqirozga qaramay, Antonio Kontening jamoasini "Milan" va "Inter"ning asosiy raqibi deb hisoblaydi, lekin "Yuventus" va "Roma"ning imkoniyatlariga ishonmaydi.

"Milan derbisining natijasidan qat'i nazar, "Inter" va "Milan" chempionlik uchun "Napoli" bilan kurashadi. "Yuventus" va "Roma" esa orqada qolmoqda", - dedi Alberteni calcionapoli1926.it saytiga bergan intervyusida.

Hozirda A Seriya turnir jadvalida "Inter" peshqadamlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing