03:59 / 16.11.2025
1 752

Ferran Torres: "Morataning roziligisiz raqamni ololmasdim"


Barselona hujumchisi Ferran Torres Ispaniya terma jamoasida Alvaro Moratadan keyin 7-raqamga ega boʻldi. 33 yoshli "Komо" hujumchisi noyabr oyidagi oʻyinlar uchun Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagan, uning raqami Torresga berildi.

Torres oʻz intervyusida shunday dedi: "Yelkamda 7-raqamni koʻtarish men uchun faxr. Bu raqam David Vilya, Raul, Morata kabi afsonalar tomonidan ishlatilgan.

Bu masʼuliyatni oqlashga harakat qilaman. Morata men uchun juda muhim inson, u terma jamoada menga koʻp yordam bergan.

Albatta, men 7-raqamni olmoqchi boʻlganimda, avval unga murojaat qildim. U bunga qarshi emasligini aytdi va raqamni men olishimdan xursand boʻldi." Shanba kuni Ispaniya Gruziyani 4:0 hisobida magʻlub etdi.

Ushbu oʻyinda Ferran Torres bir gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing