
Meksikalik hujumchi Santiago Ximenez klubini va hattoki chempionatini o'zgartirishi mumkin. Hozirda u "Milan" safida to'p surmoqda, biroq unga "Brentford" va "Sanderlend" kabi Angliya klublari qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Calciomercato.it.
Bu shuni anglatadiki, "Milan" o'xshash o'yinchi profili izlamoqda va shu sababli Ximenez bilan xayrlashishga tayyor. Garchi meksikalik futbolchi klubda qolishni istayotgan bo'lsa ham.
Oldinroq "Milan"ning Robert Levandovski bilan qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi, biroq uni jamoaga qo'shish oson bo'lmasligi aniq. Boshqa bir nomzod esa Daniyaning "Mitjyulland" klubi aʼzosi va Gvineya-Bisau terma jamoasi vakili Frankolin Dju hisoblanadi.
Santiago Ximenez, Milan Klubi, Angliya Klublari, Robert Levandovski, Frankolin Dju
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing