
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Moldovaga qarshi qiyin gʻalabadan soʻng intervyu berdi. Payshanba kuni boʻlib oʻtgan JCh-2026 saralash bosqichi uchrashuvida "koʻk formalilar" 2:0 hisobida Moldovani magʻlub etishdi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida birinchi gol kiritilgan boʻlsa, ikkinchi gol 92-daqiqada urildi. "Bu yomon oʻyin boʻlgan deb oʻylaysizmi?
Bu nimani anglatadi? Jamoa toʻliq ustunlik qildi, biz raqibga birorta ham darvozaga toʻp yoʻllashga imkon bermadik.
Agar siz Moldovaning Norvegiyaga 1:11 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinini kutgan boʻlsangiz, bu sizning muammoingiz. Futbolda oson oʻyinlar boʻlmaydi.
Biz tarkibni toʻliq oʻzgartirdik va koʻplab oʻzgarishlar sabab magʻlub boʻlishimiz mumkinligini his qilgandim. Futbolchilar oldida bosh egaman," – dedi Gattuzo RAI Sportga bergan intervyusida.
16-noyabr kuni Italiya Norvegiya bilan soʻnggi tur oʻyinida maydonga tushadi.
Italiya Jamoasi, Jennaro Gattuzo, Moldovaga Qarshi, J Ch Saralash, Norvegiya O'yini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing