19:49 / 11.11.2025
56 398

Atalanta yangi bosh murabbiyni eʼlon qildi


Atalanta klubi rasmiy veb-saytida yangi bosh murabbiy tayinlangani haqida maʼlumot eʼlon qildi. Kutilganidek, jamoani 41 yoshli mutaxassis Raffaele Palladino boshqarib oladi.

U 2027-yil o‘rtasigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Palladino yoz oylarida Fiorentina jamoasidan ketganidan beri ish joyisiz edi.

Endi u Atalanta jamoasining natijalarini yaxshilash uchun harakat qiladi. Hozirda Atalanta Italiya chempionati turnir jadvalida faqatgina 13-oʻrinni egallab turibdi.

Sassuologa qarshi oʻz maydonida 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Bergamo klubi Ivan Yurich bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.


Atalanta Klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing