21:50 / 15.11.2025
3 264

Vlahovichni toʻrt yirik klub xohlamoqda


Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Dushan Vlahovich bir vaqtning oʻzida bir nechta yirik Yevropa klublarining eʼtibor markazida. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, serbiyalik hujumchini "Barselona", Myunxenning "Bavariya", "Manchester Yunayted" va Madridning "Atletiko" klublari oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi. 25 yoshli futbolchining transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

"Keksa sinyora" bilan uning shartnomasi 2026-yil iyun oyining oxirida yakunlanadi. Joriy mavsumda Italiya A Seriyasida Dushan Vlahovich 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Dushan Vlahovich, Yuventus Klubi, Yevropa Klublari, Transfer Qiymati, Italiya Seriyasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing