21:33 / 15.11.2025
3 335

Simon Kyer: Milan yana oʻz ruhini topdi


Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi, daniyalik himoyachi Simon Kyer klubda Massimiliano Allegri bosh murabbiylikka kelganidan soʻng sodir boʻlgan oʻzgarishlarni juda ijobiy baholadi. Daniyalik futbolchining soʻzlariga koʻra, "Milan" yana oʻzining asl "Milan"ligini qayta tiklagan.

"Milan yana oʻz ruhini topdi. Luka Modrich va Adrien Rabiotning tajribasi katta ahamiyatga ega.

Menimcha, "Milan" Skudettoni qoʻlga kiritishi mumkin, chunki ular kuchli murabbiyga ega. Hozirda klubda aniq ierarxiya bor, oʻtgan mavsumda bu yoʻq edi", - deydi Kyer pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Hozirda "Milan" Italiyaning A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. Keyingi uchrashuvda ular "Inter"ga qarshi maydonga tushadi.

Milan Klubi, Simon Kyer, Massimiliano Allegri, A Seriyasi, Inter Uchrashuvi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing