
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi, Daniyalik himoyachi Simon Kyer oʻzining sobiq jamoadoshi, portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning potentsialiga hali ham ishonadi. Kyerning aytishicha, Massimiliano Allegri unga oʻz salohiyatini toʻliq ochishda va asosiysi, barqaror oʻyin koʻrsatishda yordam berishi mumkin.
"Rafael dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri boʻlishi mumkin. Hali ham ularga qoʻshilishi uchun imkoniyat bor.
Dembelega nazar tashlang, u "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritdi, chunki toʻgʻri murabbiy bilan ishladi. Allegri Leauni rivojlantirishi mumkin.
U hozir 26 yoshda, yana uch yil oʻtgach kech boʻladi. Endi yoki hech qachon", - deydi Kyer pianetamilan.it nashriga.
Leau 2019 yildan beri "Milan" safida oʻynab kelmoqda.
Simon Kyer, Rafael Leau, Milan Klubi, Massimiliano Allegri, Daniyalik Himoyachi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing