
Polshalik hujumchi, "Barselona" futbolchisi Robert Levandovski yanvar oyida klubni tark etish haqida hech qachon o'ylamagan. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 37 yoshli Levandovski mavsum yakunlanganidan keyin faoliyatini tugatishni ham rejalashtirgani yo'q. U to'liq diqqatini iyun oyiga qadar "Barselona"dagi o'yinlariga qaratgan.
Levandovski barcha mumkin bo'lgan sovrinlarni yutishni istaydi, keyin esa kelajagi borasida qaror qabul qiladi. Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishgan.
Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yozda yakunlanadi.
Robert Levandovski, Barselona Futbolchisi, Polshalik Hujumchi, Faoliyat Rejalari, Mavsum Yakuni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar