09:10 / 19.12.2025
1 343
Rasmus Xyoylunn jamoa g'alabasidan mamnunligini bildirdi

Daniyalik hujumchi Rasmus Xyoylunn Italiya Superkubogi yarim finalida gol urdi. Uning jamoasi “Milan”ni 2:0 hisobida mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi ular finalda “Inter” – “Bolonya” juftligining g'olibi bilan to'qnash keladi. Uchrashuvdan so'ng Xyoylunn natijani sharhlar ekan, jamoa uchun xursand ekanini ta'kidladi: “Jamoa uchun juda xursandman, umid qilamanki, yaqin orada sovrinni qo'lga kiritamiz.
Buning uchun yana bitta o'yinda g'alaba qozonish kerak. Kubok har doim yaxshi.
Finalda kimga qarshi o'ynashimizning farqi yo'q — “Inter” bo'ladimi yoki “Bolonya”,” — deya futbolchining so'zlarini pianetamilan.it keltiradi. A Seriya turnir jadvalida esa “Napoli” hozircha “Milan”dan ortda qolmoqda va uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar