09:10 / 19.12.2025
1 424

Davide Anchelottini «Rayo Valyekano» murabbiylar shtabiga chorlamoqchi


Davide Anchelotti Braziliyaning «Botafogo» klubida bosh murabbiylik lavozimini tark etdi. 36 yoshli mutaxassis iyul oyida ushbu jamoaga kelgandi va bu uning mustaqil bosh murabbiy sifatidagi ilk tajribasi bo'ldi.

Yaqinda italiyalik murabbiy shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani ma'lum bo'ldi, endi esa unga Yevropadan qiziqish paydo bo'layotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotiga ko'ra, Anchelotti kichikni Ispaniyaning «Rayo Valyekano» klubi ko'rib chiqmoqda.

Hozircha uning Madrid jamoasida aynan qaysi rolda ishlashi mumkinligi aniqlashtirilmagan. «Rayo Valyekano»ni hozirda Inyigo Peres boshqaradi.

Jamoa La Liga turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda, shuningdek, umumiy bosqich yakunlariga ko'ra Konferensiyalar ligasining 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi. Davide Anchelotti avvalroq otasi Karlo Anchelottining murabbiylar shtabida, xususan, Madridning «Real» klubida assistent sifatida ishlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing