10:01 / 19.12.2025
1 371
Chelsi va Arsenal Juventus yulduzi Yildiz bilan muzokara olib bormoqda

Angliyaning yetakchi klublari Juventus hujumchisi Kenan Yildiz uchun kurashni davom ettirmoqda. Turin klubi rahbariyati 20 yoshli futbolchini shartnomani yaxshilangan shartlarda uzaytirishga ko'ndirishga urinmoqda, biroq Premyer-liga vakillari turkiyalik iqtidor egasini o'z safiga og'dirish harakatidan voz kechmayapti.
Caught Offside xabariga ko'ra, Londonning Chelsi va Arsenal klublari futbolchining agentlari orqali u bilan muzokaralar olib bormoqda. Hujumchi esa kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmagan.
Transfermarkt portali Kenan Yildizning bozor qiymatini 75 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda turinliklar hujum chizig'ining yetakchisi 21 uchrashuvda 6 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.
Kenan Yildiz, Juventus hujumchisi, Premyer-liga, Chelsi klubi, Transfermarkt portali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar