10:16 / 19.12.2025
1 409

Garri Keyn Bavariyaning Chempionlar Ligasi rejalarini aytdi


Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Garri Keyn jamoaning joriy mavsum Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. O‘tgan mavsumda bavariyaliklar chorak final bosqichida to‘xtagan, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Milaning “Inter” jamoasiga yutqazib qo‘ygandi.

Keynning aytishicha, o‘tgan mavsumda jamoa qisqa vaqt ichida ko‘p uchrashuv o‘tkazishga majbur bo‘lgan, shu paytda jarohatlar sabab tarkib sezilarli darajada kuchsizlangan. Bu safar “Bavariya” umumiy bosqichda ilk sakkizlikka kirib, ortiqcha o‘yinlardan qochishni maqsad qilgan.

“Biz 1/8 finalda “Bayer”ga qarshi a’lo o‘ynadik. “Inter” bilan uchrashuvlarda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, garchi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak ham.

Hammasi boshqacha yakunlanishi mumkin edi. “Barselona” bilan o‘yindan keyin himoyada boshqacha harakat qila boshladik va bu joriy mavsumda bizga yordam bermoqda.

Albatta, Chempionlar ligasini yutish juda qiyin: eng yuqori darajada bo‘lish va o‘yindagi eng yaxshi lahzalaringdan maksimal foyda olish kerak. Bu safar aynan shunga erishishni umid qilmoqdamiz”, — deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

“Bavariya” Chempionlar ligasi umumiy bosqich jadvalida olti turdan so‘ng 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Bavariya klubi, Garri Keyn, Chempionlar ligasi, Milan Inter, Barselona o‘yini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing