12:37 / 15.11.2025
1 409

Barselonaning ikki futbolchisi bepul ketishi mumkin


Kataloniyaning "Barselona" klubi ikki futbolchisi faoliyatini Istanbulning "Fenerbahche" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Haberler nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, turkiyalik kuchli klub "Barselona"ning markaziy hujumchisi Robert Levandovski va himoyachisi Andreas Kristensenga qiziqish bildirmoqda. Mazkur futbolchilarning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi.

Shu sababli, ushbu futbolchilarni kelasi yozda bepul qo‘lga kiritish imkoni mavjud. Turkiya chempionatining 12-turidan so‘ng "Fenerbahche" 28 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.


Barselona Klubi, Fenerbahche Jamoasi, Robert Levandovski, Andreas Kristensen, Turkiya Chempionati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing