12:52 / 15.11.2025
1 420

Milan Ikarini transfer qilishi mumkin


Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi Turkiyaning "Galatasaray" klubini tark etishi mumkin. Agar bu sodir bo'lsa, futbolchini o'z safiga qo'shishni istayotgan jamoalardan biri Italiya grandlaridan "Milan" bo'lishi mumkin.

Bu haqda pianetamilan.it xabar bermoqda. Ta'kidlash joizki, Ikardi ilgari "Inter" safida to'p surgan.

Shu bilan birga, nemis jurnalisti Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, Istanbulning "Galatasaray" klubi Ikardini qo'yib yubormoqchi emas va unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Klub yaqin kunlarda muzokaralarning birinchi bosqichini o'tkazishni ham reja qilgan.


Mauro Ikardi, Galatasaray Klubi, Italiya Grandlari, Milan Jamoasi, Yangi Shartnoma
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing