
Portugaliyaning mashhur A Bola nashri milliy terma jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga jahon chempionati – 2026 saralash bosqichidagi Irlandiyaga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun tanqid bildirdi. 40 yoshli futbolchi ikkinchi bo‘lim boshida raqibini tirsagi bilan urganlikda ayblanib maydondan chetlatildi.
Nashrning qayd etishicha, Ronaldu faqat agressivlik ko‘rsatib qolmay, o‘zini yo‘qotib, xafa holda noto‘g‘ri reaksiyalarni namoyish etgan: "U muxlislarga xuddi nohaq chetlatilgandek qo‘l qoqdi. Bu xatti-harakatidan uyalishi kerak." Portugaliya terma jamoasi o‘yin oxirida 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Portugaliya murabbiyi Ronaldu qizil kartochkasini izohladi
Irlandiya Portugaliyani mag'lub etdi: 2:0
Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatining startini oʻtkazib yuborishi mumkin
O‘zbekiston – Misr bahsi oldidan kutilgan katta sinov boshlanmoqda
Ronaldu tarkib masalasida taranglik yo‘qligini ochiq aytdi