10:57 / 15.11.2025
2 074

Liverpul Konatega ultimatum qoʻydi


Liverpul klubi himoyachi Ibraima Konateni yangi shartnomaga rozi boʻlishga shoshilinch chorlamoqda. Fransuz futbolchisining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi, ammo klub rahbariyati uni yangi bitimga koʻndira olgani yoʻq.

Caught Offside xabariga koʻra, Liverpul Konatega yaqin orada kelishuvni uzaytirishga rozilik bermasa, u transferga qoʻyilishini maʼlum qilgan. Klub 26 yoshli markaziy himoyachi bilan kelajakni tezroq aniqlashtirishni xohlamoqda.

Zarurat tugʻilsa, unga oʻrinbosar qidirishni boshlashadi. Liverpulning eʼtibori ayni damda Kristal Pelas himoyachisi Mark Gehiga qaratilgan boʻlib, u bilan ham shartnoma kelasi yozda yakunlanadi.

Liverpul Klubi, Ibraima Konate, Fransuz Futbolchisi, Markaziy Himoyachi, Kristal Pelas
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing