19:37 / 23.12.2025
1 843

Milan Kostic bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi


Italiyaning «Milan» klubi hujumchi Andrey Kostic bilan shartnoma imzolashga yaqinlashdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. «Milan» bonuslarni ham hisobga olgan holda, chernogoriyalik futbolchi uchun 5 million yevro to‘lashi kutilmoqda.

Hozirda 18 yoshli Kostic Serbiyaning «Partizan» klubida to‘p surmoqda. Joriy mavsumdagi 27 o‘yinda futbolchi 9 ta gol urdi va 3 ta ogohlantirish oldi.

Avvalroq «Milan» «Fenerbahche» yulduzini asosiy transfer maqsadi qilib olgani ma’lum bo‘lgandi.
Milan klubi, Andrey Kostic, Fabritsio Romano, Serbiya Partizan, Transfer maqsadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing