16:41 / 23.12.2025
1 348

Milan yanvarda Shkrinyarni transfer qilishni rejalashtirmoqda


Italiyaning «Milan» klubi yanvar oyidagi transfer oynasida tajribali himoyachi Milan Shkrinyarni tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Slovakiya terma jamoasi futbolchisi hozirda Turkiyaning «Fenerbahche» klubida to‘p surmoqda.

TransferFeed xabariga ko‘ra, «Milan» Shkrinyarni o‘zining asosiy maqsadi qilib belgilagan. Biroq transfer ehtimoli unchalik yuqori emas, chunki futbolchi jamoa yetakchilaridan biri hisoblanadi va doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

U ham, klub ham rasmiy taklif kelib tushsa, uni rad etish niyatida. Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 1 ta golli uzatma berdi va 7 ta ogohlantirish oldi.

Transfermarkt portali Shkrinyarning bozor qiymatini 11 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing