20:30 / 23.12.2025
1 983

Semenyo shartnomasidagi 65 mln funtlik band 10 yanvargacha amal qiladi


Transfer bozorida «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyo uchun kurash qizimoqda. Xabar qilinishicha, 25 yoshli futbolchi uchun poygaga «Chelsi» ham qo‘shilgan.

Shuningdek, «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» ham Semenyoni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Avvalroq matbuotda Semenyo shartnomasida 65 million funt (taxminan 74,5 million yevro) miqdoridagi sotib olish opsiyasi borligi yozilgandi.

Ishonchli insayder Fabritsio Romano bu opsiyani 10 yanvargacha faollashtirish mumkinligini ta’kidladi. 2025/2026 yilgi mavsumda Antuan Semenyo 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing