20:31 / 23.12.2025
1 950

Vinisius "Real" bilan shartnomani uzaytirishga ikkilanmoqda


Yulduz hujumchi Vinisius Junior "Real" bilan shartnomani uzaytirish kerak-kerakmasligi borasida ikkilanmoqda. Bu haqda El Chiringuito dasturida ma'lum qilindi.

Manbaga ko'ra, Vinisius ilk bor "Real" muxlislarining bir qismi uni qo'llab-quvvatlamayotganini his qila boshlagan. Bu La Liganing "Sevilya"ga qarshi yaqindagi o'yinida yaqqol ko'rindi — "Santyago Bernabeu"da madridliklar muxlislari Vinisiusni hushtakbozlik bilan qarshi oldi.

Vinisiusning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali 25 yoshli braziliyalik futbolchini 150 million yevroga baholamoqda.

"Real" La Liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda — "Barselona"ning ochkolari to'rttaga ko'p.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing