11:05 / 18.11.2025
4 968

O'zbekistonda sement importi 8,6 barobar kamaydi


2025 yil yanvar-sentabr oylarida O'zbekistonga 72 ming tonna sement import qilingan, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 barobar kamroqdir. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi hisobotida ma'lum qilindi.

Pul ko'rinishida sement importi 4,4 million dollarni tashkil etdi. Asosiy yetkazib beruvchi mamlakat Qozog'iston bo'lib, u 33,7 ming tonna hajmda sement eksport qilgan.

Ikkinchi o'rinda Eron joy olib, u 31,2 ming tonna sement yetkazib bergan. Keyingi o'rinlarda Qirg'iziston (2,7 ming tonna) va Tojikiston (2,5 ming tonna) turadi.

Beshlikni Rossiya yopib, u 1,2 ming tonnadan oshiq qurilish materialini eksport qilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing