20:43 / 17.11.2025
5 522

Toshkent markazida vaqtinchalik yo‘l yopilishi e’lon qilindi

Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan ertaga, 18-noyabr kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linmalarining tantanali yurishlari o‘tkaziladi. Shu sababli, poytaxt markazidagi bir nechta ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi axborot xizmati.

Bayramona parad davomida soat 15:00 dan 17:00 gacha quyidagi yo‘nalishlarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

  • Sag‘bon ko‘chasi – Qoraqamish ko‘chasidan KXAYgacha;

  • Sag‘bon ko‘chasi – KXAYdan Nurafshon ko‘chasigacha;

  • Sag‘bon ko‘chasi – Nurafshon ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha;

  • Zarqaynar ko‘chasi – Sag‘bon ko‘chasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha;

  • Furqat ko‘chasi – Zarqaynar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;

  • Furqat ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha.

Tashkilotchilar fuqarolardan ushbu vaqt oralig‘ida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni, haydovchilardan esa yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni so‘ramoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing