19:22 / 20.12.2025
6 660

Mashhur aktyor Anatoliy Lobotskiy vafot etdi


Sovet va Rossiya teatr hamda kino aktyori, Rossiya Federatsiyasining xalq artisti Anatoliy Lobotskiy 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS agentligiga san’atkorning yaqinlari xabar berdi.

Lobotskiy 1959 yil 14 yanvarda tug‘ilgan. U Vladimir Mayakovskiy nomidagi Moskva akademik teatrida faoliyat yuritib, o‘nlab yetakchi rollarni ijro etgan.

2013 yilda unga Rossiya Federatsiyasining xalq artisti unvoni berilgan. Aktyor kino va televideniyedagi ishlari bilan keng tanilgan.

Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar va seriallar qatoriga “Xudolarning hasadi”, “Kalashnikov”, “Yoshlar jamoasi” (original nomi “Molodyojka”), “Eski gvardiya”, “Anna Medium”, “Doktor Selivanovning shaxsiy hayoti”, “Sham yorug‘ida fol ochish”, “Obyektivdagi o‘lim” kiradi. Ijodiy faoliyati davomida Lobotskiy 100 dan ortiq film va seriallarda, asosan, drama, melodrama va detektiv janrlarida rollar o‘ynagan.


Anatoliy Lobotskiy, Rossiya Federatsiyasi, Moskva teatr, Kino aktyori, Drama janri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing