19:55 / 20.12.2025
3 811

Feruza Normatova turmush o‘rtog‘ini qanday tanlaganini ochiqladi

Mashhur aktrisa va bloger Feruza Normatova Instagram sahifasi orqali muxlislaridan kelgan savollarga samimiy tarzda javob berdi. Kuzatuvchilardan biri: “Qanday qilib aynan shu inson turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lishi kerakligini tushundingiz?” degan savol bilan murojaat qildi.

Aktrisaning aytishicha, u hayotida eng ko‘p himoyaga muhtoj bo‘lgan pallada bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining haqiqiy munosabatini his qilgan:

“Har doimgidan ham ko‘proq himoyaga muxtoj bo‘lgan vaqtimda turmush o‘rtog‘im aynan fevral oyida, chet davlatda bo‘la turib meni himoya qilganlar. U vaqti yaqin bo‘lmaganmiz. Shundan so‘ng 6 oy davomida meni kuzatib yurgan ekan. So‘ng avgust oyi oxirida uchrashuvga taklif qildi. Kerakli paytda meni himoya qilgani uchun unga ishondim va dugonam bilan birga uchrashuvga chiqdim”, — deydi Feruza.

Shuningdek, muxlislar “Shu inson umr yo‘ldoshim bo‘lsa edi, degan fikr o‘tganmi?” degan savolni ham berishdi. Aktrisa bu savolga quyidagicha javob berdi:

“Bunday fikr o‘tishiga ham ulgurmaganman. Uchrashuvdan keyin u kishi menga uylanmoqchi ekanini aytdi. Men uchun eng muhim narsa ota-onamning roziligi bo‘lgani sababli, kelib atigi to‘rt kun ichida otamning roziligini oldi. So‘ng: 'Endi meni turmush o‘rtog‘ing deb tasavvur qil. Agar noto‘g‘ri xatti-harakat sezsam, mendan yaxshilik kutma', dedilar. Hayotimda birinchi marta shunchalik so‘zida qat’iy turadigan erkakni uchratganim uchun juda hayron bo‘lib qoldim. Uzoq vaqt bu voqealarni anglab yura olmadim”, — deya samimiy izoh berdi u.

Suhbat yakunida Feruza Normatova ijodiy faoliyati borasida ham muhim qarorini ma’lum qildi:

“Endi boshqa vaynlarda ishtirok etmayman. Rolni faqat turmush o‘rtog‘im uchun o‘ynayman”, — dedi aktrisa.


Feruza Normatova, Instagram sahifasi, Turmush o'rtog'i, Ota-onaning roziligi, Ijodiy faoliyat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing