01:48 / 21.12.2025
2 629

Milan qishki transfer oynasi uchun ustuvor maqsadlarini belgiladi


Italiyaning “Milan” klubi qishki transfer oynasidagi rejalari haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Jurnalist Luka Byanchin xabariga ko'ra, “rossoneri”ning yanvardagi asosiy maqsadlari — hujumchi va markaziy himoyachi.

Manbaga ko'ra, klub “Vest Hem” futbolchisi Niklas Fyullkryug bo'yicha kelishuvni deyarli yakunlagan va endi e'tibor himoya chizig'i uchun nomzod izlashga qaratiladi. Qayd etilishicha, “Milan” istalgan sxemada o'ynay oladigan, bir necha pozitsiyada harakatlana oluvchi universal himoyachini jamoaga qo'shmoqchi.

A Seriyada 15 turdan so'ng “Milan” turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 32 ochko bor.

Milan klubi, Luka Byanchin, Vest Hem, Markaziy himoyachi, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing