01:42 / 21.12.2025
2 436

Real Sosyedad yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi


San-Sebastyan klubi Real Sosyedad bosh murabbiylikka Pellegrino Matarassoni tayinlaganini ma'lum qildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, klub mavsumning omadsiz startidan so'ng Serxio Fransiskoni iste'foga chiqargan edi. Bugun Arsen Zaxaryan to'p surayotgan Real Sosyedad safarda Levante bilan o'yinda g'alaba qozona olmadi.

Ispaniya chempionatining 17-tur uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Hozirda Real Sosyedad La Liga turnir jadvalida 17 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.

Keyingi turda basklar o'z maydonida Atletiko Madridni qabul qiladi.
Real Sosyedad, Pellegrino Matarasso, Serxio Fransisko, Ispaniya chempionati, La Liga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing