01:52 / 21.12.2025
2 287
Vyacheslav Malafeyev Safonovning tarixiy yutug'ini e'tirof etdi

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sobiq darvozaboni Vyacheslav Malafeyev "PSJ" posboni Matvey Safonovning qit'alararo kubok doirasida Braziliyaning "Flamengo" jamoasiga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatli harakatlarini yuqori baholadi. U penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytardi.
"Matvey uchun barchamiz juda xursandmiz. O'zimning xotiramda bunday holatni eslay olmayman, ayniqsa shunday darajada.
Matveyni tabriklayman, ajoyib yutuq. Uning tinimsiz mehnati ko'rinib turibdi", deya Malafeyevning so'zlarini "Match TV" keltirdi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O'yindan keyingi 11 metrlik zarbalar seriyasida esa Parij grandi 2:1 hisobida ustun keldi.
Vyacheslav Malafeyev, Matvey Safonov, Qit'alararo kubok, Penaltilar seriyasi, Match TV
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vyacheslav Malafeyev Safonovning tarixiy yutug'ini e'tirof etdi
Vyacheslav Malafeyev Safonovning PSJdagi imkoniyatlarini baholadi
Safonov qutqargan final: PSJni penaltigacha olib borgan xatolar
Safonov bir kechada PSJni kubok sari boshlab chiqdi
PSJ penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, Qit'alararo kubokni oldi