01:31 / 21.12.2025
2 532
Tomas Frank «Liverpul»ga mag'lubiyatdan so'ng jamoasi bilan faxrlandi

«Tottenhem» bosh murabbiyi Tomas Frank «Liverpul»ga qarshi o'yinda (1:2) uchralgan mag'lubiyat yuzasidan fikr bildirdi. Uchrashuvning 33-daqiqasida «shporlar» bir futbolchisi maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar son jihatidan ustunlikdan unumli foydalanib, ikki bor gol urdi. «Men jamoam bilan faxrlanaman.
O'yinchilar yuz foiz kuchini berdi, xarakter ko'rsatdi, qiyinchiliklarga juda yaxshi munosabat bildirdi. Menimcha, Simonsni maydondan chetlatish to'g'ri qaror emasdi.
Nazdimda, bu epizod sariq kartochka bilan cheklanishi kerak edi. Biz o'yinda qolgan edik, yaxshi himoyalandik, hujumni davom ettirdik, ammo keyin gol o'tkazib yubordik.
«Liverpul»ning ikkinchi goli esa katta xato natijasi, u hisobga olinmasligi kerak edi», — deya Frankning so'zlarini BBC keltirdi. Navbatdagi omadsiz natijadan keyin «Tottenhem» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o'ringa tushib qoldi.
Tottenhem, Tomas Frank, Liverpul, Angliya Premyer-ligasi, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar