15:58 / 18.12.2025
3 288

Farida qaysi serialni sevib tomosha qilmoqda? Aktrisaning tavsiyasi

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2025-12/277f63d3fc_untitled-design-2025-12-18t154832_987.webp[/img

«Rangsiz Gullar» seriali orqali tomoshabinlar mehrini qozongan xalq aktrisasi va xonanda Farida intervyularidan birida, undan hozirda qaysi serialni zavq bilan tomosha qilayotgani haqida so‘ralganda, san’atkor o‘z tanlovini ochiq aytdi.

Faridaning ta’kidlashicha, u ayni paytda turkiya seriali bo‘lgan “Taşacak Bu Deniz” serialini katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda. Aktrisa ushbu serial syujeti, obrazlari va voqealar rivoji bilan uni o‘ziga tortganini aytib o‘tdi.

— Men yaxshi ko‘rib tomosha qilayotgan serial — turkiya seriali “Taşacak Bu Deniz”. Sizga ham bu serialni tomosha qilishni tavsiya qilaman, juda zo‘r serial, — deya fikrini yakunladi Farida.

San’atkorning ushbu tavsiyasi muxlislar orasida ham qiziqish uyg‘otib, ko‘pchilikni yangi serial bilan tanishishga undadi.


Farida, Rangsiz Gullar, Turkiya seriali, Taşacak Bu Deniz, San'atkor tavsiyasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing