18:30 / 18.12.2025
1 991

Talabalar uchun temir yo‘l va aviachiptalarga 50% chegirma e’lon qilindi

18 dekabrdan 12 yanvargacha O‘zbekistonda ichki temir yo‘l qatnovlariga 50% chegirma amal qiladi. Ushbu chegirma Afrosiyob poyezdlari va VIP vagonlarga tatbiq etilmaydi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Talabalar chiptalarni sotib olish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan temir yo‘l kassalariga murojaat qilishlari yoki eticket.railway.uz sayti orqali elektron tarzda xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, 26 dekabrdan 11 yanvargacha Uzbekistan Airways aviakompaniyasining ichki aviaqatnovlariga ham 50% chegirma joriy etiladi.

Ushbu chegirmadan kollej va litsey o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin. Avikompaniya chiptalari booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways Sales filiallari yoki agentlar orqali sotiladi.


O'zbekiston temiryo'llari, Ichki qatnovlar, Afrosiyob poyezdlari, Uzbekistan Airways, Talabalar chegirmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing