15:17 / 18.12.2025
3 967

Bir tog‘ora oliviye — Jamshid Bobojonov xotiralari

Taniqli san'atkor Jamshid Bobojonov jurnalist savollariga samimiy va hazilomuz tarzda javob berdi. Undan bolaligida qorboboga xat yozib, nima so‘ragani haqida so‘ralganda, u kulib shunday dedi:

— Bir tog‘ora oliviye salat so‘raganman. Eng qizig‘i, o‘sha tilagim amalga oshgan — bir tog‘ora oliviyeni olganman. Shu sababli hozirgacha har Yangi yilda xonadonimizda albatta bir tog‘ora oliviye bo‘ladi.

Bu javobdan Jamshid Bobojonov oliviye salatni juda yaxshi ko‘rishi yaqqol sezilib turibdi.

Suhbat davomida jurnalist undan: «Yangi yil deganda ko‘z oldingizga birinchi bo‘lib nima keladi?» — deb so‘radi. San’atkor esa javobini yanada ma’noli fikrlar bilan davom ettirdi:

— Birinchi bo‘lib diydor keladi. Yangi yil — yaqinlar, jigarlar bilan diydorlashiladigan bayram. Shuning uchun barchaga bitta tilak: kim bilan diydorlashmagan bo‘lsangiz, 2026 yilda albatta uchrashib qo‘ying. Men bir narsani angladim — bu dunyoda diydor ham, yaqinlar ham g‘animat.

Jamshid Bobojonovning ushbu so‘zlari Yangi yil bayramining eng muhim qadriyati — samimiy uchrashuv va mehr-oqibat ekanini yana bir bor eslatadi.


Jamshid Bobojonov, Yangi yil, Oliviye salat, Samimiy uchrashuv, Mehr-oqibat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing