20:15 / 06.12.2025
181 277

Rayhon va Xamdam Sobirovdan “Yomg‘irlarda” yoxud Qizil ko‘ylak 2 premyerasi

O‘zbek estradasining ikki sevimli ijrochisi — Rayhon G‘aniyeva va Xamdam Sobirov muxlislarni quvontiradigan kutilmagan yangilik bilan chiqishdi. Ularning yangi duet qo‘shig‘i “Yomg‘irlarda (Qizil ko‘ylak 2)” premyera qilindi.

Rayhon o‘zining Instagram sahifasida yangi loyiha haqida shunday yozdi:

“Kutmaganmidiylar? Yomg’irlarda (Qizil ko‘ylak 2)

Albatta Xamdam Sobirov.”

Ushbu post muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Oradan ko‘p o‘tmay, bugun YouTube platformasida qo‘shiqning to‘liq audiosi joylandi.


O'zbek Estradasi, Rayhon G‘aniyeva, Xamdam Sobirov, Yangi Duet, You Tube Platformasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing