16:35 / 15.12.2025
2 188

“Humo Arena”da Yangi yil shousi: yulduzlar ro‘yxati e’lon qilindi!

27 dekabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyida soat 19:00 da bo‘lib o‘tadigan katta Yangi yil shousida ishtirok etadigan xonandalar va ijrochilar ro‘yxati rasman e’lon qilindi. Mazkur shouda o‘zbek estradasining eng yorqin va sevimli yulduzlari sahnaga chiqib, tomoshabinlarga unutilmas musiqiy kecha tuhfa etishadi.

Ushbu sanada sahnada quyidagi ijrochilar chiqish qilishi rejalashtirilgan:

1. MC Doni,

2. Shoxruh reper,

3. Shahlo Ahmedova,

4. Konsta,

5. Dj Piligrim,

6. Dj Macarella,

7. Shaxriyor,

8. G‘aybulla Tursunov.

Shuningdek, 25 dekabr kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida ishtirok etadigan yana bir qator mashhur san’atkorlar nomi ham ma’lum qilindi. Ushbu kuni sahnada:

1. Tohir Sodiqov,

2. Munisa Rizayeva,

3. Shoxruh,

4. Rayhon,

5. Jahongir Otajonov,

6. “Benom” guruhi,

7. “Sahar” guruhi,

8. Dj Kachell

kabi mashhur ijrochilar o‘z chiqishlari bilan muxlislarni xursand qiladi.

Tomoshabinlarni bu ikki kun davomida sara xit qo‘shiqlar, jo‘shqin ritmlar va sevimli ijrochilar ishtirokidagi yorqin shou kutmoqda. Ushbu musiqiy kechalar Yangi yil kayfiyatini to‘laqonli his etish, yaqinlar bilan birga quvonchli va unutilmas lahzalarni boshdan kechirish uchun ayni muddao bo‘ladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing