Saida Rametova Jumadulla Rametovning 70 yillik yubileyini nishonlashdi

Mashhur aktrisa Saida Rametova yaqinda turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametovning 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan ularning 70 yillik yubileyini nishonlashdi. Ushbu quvonchli lahzalardan Instagram ijtimoiy tarmog‘iga video ham joylashtirildi.
Tadbirda Madaniyat vazirligi tomonidan Jumadulla Rametov “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Shuningdek, ular bosh nevaralari Sarvaraoyning to‘yi bo‘layotganini, kuyovlarining esa Azizbek ekanligini ma’lum qildilar.
Saida Rametova ushbu kunda o‘zini juda xursand his qilganini, yoshlar baxtli bo‘lishini, yaxshi evaralar berilishini tilab, beshik to‘y va aqiqa to‘ylariga ham yetkazishini, Olloh nasib etsa, buvijon sifatida nabira to‘ylarini o‘tkazish nasib qilishini qo‘shimcha qildi.
Aktrisa Jumadulla Rametov bilan 45 yil davomida turmush qurganini, shu davr mobaynida birgalikda san’atda faoliyat olib borganini, shuningdek, hayotida baxtli ayol va baxtli aktrisa ekanligini ta’kidladi.