21:53 / 20.12.2025
6 298

Sergelida haydovchi ikkita avtobus o‘rtasida ezilib halok bo‘ldi

Toshkent shahri Sergeli tumanida yurakni ezuvchi baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Ikkita avtobus o‘rtasida qolib ketgan 37 yoshli haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 20 dekabr kuni soat 16:56 atrofida Xonobod ko‘chasida, temiryo‘l kesishmasi yaqinida yuz bergan. 55-yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus poyezd o‘tayotgani sababli to‘xtab turgan vaqtda, uning orqasida turgan ikkinchi avtobus haydovchisi transport vositasini qo‘l tormoziga qo‘ymasdan tushib ketgan.

Oqibatda avtobus inersiya bilan oldinga yurib, haydovchini ikkita avtobus o‘rtasida siqib qolgan. Afsuski, u olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ehtiyotsizlik oqibatida yuz bergan. Ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Toshkent shahri, Sergeli tumani, Baxtsiz hodisa, Temiryo‘l kesishmasi, Ichki ishlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing